AVIATSIYAGA TAYYORLOV Ushbu kurs bo'lajak bort kuzatuvchilarni kasbga to'liq tayyorlash uchun mo'ljallangan. Kursda 3 xil tarif mavjud bo'lib, siz o'zingizga mos keladigan tarifni tanlab o'qishingiz mumkin. Har bir kurs tarifi o'ziga hos dars mavzularini o'z ichiga oladi va sizga qulay tarzda o'rgatiladi. Kurslar to'liq yangilangan bo'lib, o'z tajribalarim va ish faoliyatim davomida orttirgan bilimlarim asosida kengaytirildi. Ma'lumot o'rnida men, Iroda Mamadaliyeva, O'zbekistondagi Barcha aviakompaniyalar (Uzairways,Centrumair va boshqalar) yevropaning Icelandair, Heston Airlines, arab davlatlarining Etihad, Air Arabia, Wizz Air kabi mashxur aviakompaniyalariga barcha bosqichlardan o'tib ishga taklif etilganman va barcha tajribalarimni "Aeropath Academy" orqali boshqalarga ulashaman. Bizning kursning ustunligi ham aynan shunda, ya'ni shaxsan o'zim barcha jarayonlardan o'tib ishga qabul qilinganim va akademiyaning hayratlanarli natijalari! Akademiya eng sifatli bort kuzatuvchilarni tayyorlaydi va bizning bitiruvchilar har doim imtihonlarda boshqa kandidatlardan ajralib turishadi. Hozirda, akademiya aviakompaniyalar bilan hamkorlikda yangi topshiruvchilar uchun eng so'nggi ma'lumotlarni, suhbat savollarini berib, imtihonlarga mukammal tayyorlab boradi. Hozirda, kursda O'zbekistonliklar ishlashi mumkin bolgan 20 dan ortiq aviakompaniyalar uchun to'liq tayyorlov dasturi mavjud va doim yangilanib boradi. Iimtihondagi o'zgarishlar o'quvchilarga doimiy berib borilishi, ularni o'ziga ishonchini kuchaytiradi. |