Aviakompaniyalar siz haqingizda ilk taassurotni aynan shu hujjat orqali oladi, chunki ular sizni tanishmaydi va ko'rishmagan. Shu sabab Cv/Resume mukammal, to'liq bo'lishi shart!
Cv da siz o'zingiz haqingizda qisqa va lo'nda ma'lumot kiritishingiz kerak. Bu hujjat orqali siz HRga kim ekaningizni bildirasiz.
Boshqa talabgorlardan ustunlikni aynan shu hujjat sizga beradi chunki suhbatga o'tish o'tmasligingiz va suhbatdan so'ng ishga olinish olinmasligingizni ish beruvchilar Cv dan kelib chiqib hal qilishadi.