✈️ Aeropath Academy – Umumiy Foydalanish Shartlari
So‘nggi yangilanish: 2025-yil iyul
1. Umumiy Qoidalar
Ushbu shartlar “Aeropath Academy” platformasidagi aviatsiya kurslari, til kurslari, konsultatsiyalar, onlayn darslar va boshqa barcha xizmatlarga tegishlidir.
Kursga yozilgan har bir foydalanuvchi ushbu shartlarni to‘liq o‘qigan va ularga rozilik bildirgan hisoblanadi.
2. Ro‘yxatdan o‘tish va To‘lov
Kurslar uchun to‘lovlar oldindan 100% amalga oshiriladi.
To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng darslarda o'qish majburiyati o'quvchiga yuklatiladi,kursga qilingan to'lov qaytarilmaydi.
Har bir foydalanuvchi to‘lovni amalga oshirgach, tanlagan kurs turiga muvofiq darslarga ega bo‘ladi, o'quvchiga o'ziga mos kursni tanlash majburiyatini oladi va norozilik bildirishi mumkin emas.
3. Kurs Turlari va Mazmuni
3.1 Econom Class
Darslar tayyor holatda Telegram kanaliga yuklangan bo‘ladi.
O‘quvchi o‘zi mustaqil tarzda darslarni o‘rganadi va mentor bilan guruhda savollariga javob oladi.
Mentorlardan savollarga javob olish muddati kursga qo'shilgan kundan boshlab 10 kun. Keyingi javoblar mentor ixtiyorida bo'ladi.
Kurs muddati: 30 kun.
Sovg‘a sifatida 2–3 oygacha qo‘shimcha tarzda darslik saqlaanishi mumkin, ammo bu majburiy emas.
Kurs materiali har 3 oyda yangilanadi va yangi dars kanali shakllantiriladi.
3.2 First va Business Class
Darslarni Iroda Mamadaliyeva olib boradi, vazifalar nazorat qilinadi.Vazifalarni belgilangan vaqtda bajarish o'quvchining majburiyati hisoblanadi
Darslar yopiq Telegram kanali orqali o‘tiladi, muhokama guruhlar ulanadi.
Darslar 20 kunga mo'ljallangan, o'qituvchining vaqti va ish sharoitiga ko'ra muddat o'zgarishi mumkin.
Kurs tugaganidan so‘ng dars kanali o‘chirilishi mumkin.Dars yakunlangandan so'ng o'qituvchi o'quvchilar savollariga javob berishga majbur emas. Barcha savollar dars davomida berilishi lozim, javob berish o'qituvchining ixtiyorida.
Sovg‘a sifatida 2–3 oy davomida darslar saqlanish imkoniyati mavjud, ammo bu majburiy emas.
4. Intizom va Etika
O‘quvchi odob-ahloq qoidalariga amal qilishi shart.